09:54 / 29.07.2016
12903

AQSh razvedkasi boshlig‘i: Rossiya «qudratli davlat bo‘lib ko‘rinish»ga urinayapti

Foto: AP

AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepperning bayonot berishicha, Rossiya AQSh prezidentligi uchun saylovoldi kampaniyasiga aralashishga urinishi mumkin. Chunki, Moskva o‘z qo‘shnilarining siyosiy jarayonlariga ko‘p bora aralashgan, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Demokratik partiyasi Markazqo‘mining elektron pochta serverlarini buzish bilan Qo‘shma Shtatlardagi siyosiy jarayonlarga ta'sir etishga uringanini tasavvur qilish xato bo‘lmaydi. 

U shuningdek, Aspen shahrida bo‘lib o‘tgan forumda qilgan ma'ruzasida, Rossiya tomoni kommunizm emas, balki Chor Rossiyasi davriga qaytganini va o‘sha davr uslubida o‘zini eng qudratli davlat sifatida namoyon etishga urinayotganini ta'kidlagan.  

Shu bilan birga, u ayni vaqtda elektron pochta serverlarini buzishda aynan Rossiyani ayblash erta ekanini qayd etgan, deb yozadi Politico.

Ma'lumki, Rossiya prezident Vladimir Putin, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida, «Amerika — buyuk davlat» va «ehtimol yagona buyuk davlat» ekanini ta'kidlagan va Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Top