10:30 / 29.07.2016
9634

Xitoy hukumati Pekindagi Ritz-Carlton mehmonxonasi narxlarni oshirgani uchun jarima soldi

Xitoy hukumati poytaxtdagi lyuks toifali Ritz-Carlton mehmonxonasiga xizmatlar haqqini oshirgani uchun 2 million yuan (taxminan 300,8 ming dollar) jarima soldi. Bu haqida XXR Davlat taraqqiyot va islohot qo‘mitasining ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar qildi

 “Ritz-Carlton” mehmonxonasi ma'muriyati xo‘jalik faoliyatga soliqlar bekor qilingani va QQSga (qo‘shimcha qiymat solig‘i) o‘tish, shuningdek suv, elektr uchun soliq imtiyozlari borligini bilib turib, QQSga o‘tish bahonasida ovqatlanish xizmatlari va oziq-ovqat mahsulotlari uchun narxlarni ko‘tardi va bu iste'molchilarning shikoyatlariga sabab bo‘ldi”, - deyiladi hujjatda. 

Joriy yilning 1 mayidan Xitoy hukumati xo‘jalik faoliyati solig‘ini iqtisodiyotning to‘rt sohasi – moliya, qurilish, ko‘chmas mulk va iste'molchi xizmatlari sohalarida QQS solig‘iga almashtirdi. Qurilish va ko‘chmas mulk sohasida QQS 11 foizni, moliya va iste'molchi xizmatlari sohasida esa 6 foizni tashkil etgan.

Top