12:19 / 29.07.2016
5942

Mourino Shvaynshtayger va yana 8 futbolchini yoshlar tarkibi bilan shug‘ullanishga jo‘natdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino klubning germaniyalik futbolchisi Bastian Shvaynshtaygerni yoshlar tarkibi bilan shug‘ullanishga jo‘natdi. Bu haqda Mirror gazetasi xabar bergan.

Portugaliyalik mutaxassis jami bo‘lib yoshlar jamoasiga asosiy tarkibning 9 futbolchisini jo‘natgan: himoyachilar Tim Fosu-Mensa, Peddi Makneyr, Tayler Blekett va Kemeron Bortvik-Jyekson, yarim himoyachilar Bastian Shvaynshtayger, Andreas Pereyra va Adnan Yanuzay, hujumchilar Uill Kin va Jyeyms Uilson.

Bundan avvalroq 31 yoshli Shvaynshtayger transferga qo‘yilishi ma'lum qilingandi.

Shvaynshtayger "MYu" tarkibida 2015 yildan beri to‘p suradi. O‘tgan mavsumda futbolchi turli musobaqalarda 31ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchi Germaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatining yarimfinaligacha bordi.

Manba: Tribuna.uz

Top