21:36 / 30.07.2016
7496

Voronejda markaziy osiyolik katta miqdordagi geroinni internet orqali sotgani uchun hibsga olindi

Voronejda boshlig‘i geroin orqali 31 mln rubl ishlab topishga ulgurgan narkoto‘da faoliyatiga barham berildi. Guruh boshlig‘i, 30 yoshli markaziy osiyolik va uning 9 nafar sherigi hibsga olindi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi. 
 
Hammasi bo‘lib to‘dada boshlig‘idan tashqari, uning 4 nafar hamyurti va 6 nafar rossiyalik bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar Voronejga giyohvand moddalarni olib kelib, ularni mayda partiyalarga bo‘lib, avvaldan ma'lum qilingan joyga tashlab ketish yo‘li bilan tarqatishgan. RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalar internet orqali sotilgan. 

Tergov harakatlari davomida ikki kilogramm atrofida geroin musodara qilingan. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Guruh boshlig‘i olingan daromadni Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga jo‘natib, uni qonuniylashtirishga ulgurgan.

Top