13:49 / 31.07.2016
6365

Iroq shimolida neft stansiyasiga hujum qilindi

Jangarilar Iroq shimolidagi neft stansiyasiga hujum qilishgan va zaxiralarni portlatib yuborishgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, hujum Bay-Xassan tumanida sodir etilgan. Jabrlanganlar haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu hujum gaz stansiyasiga qilingan va to‘rt nafar kishining umriga zomin bo‘lgan hujumdan so‘ng amalga oshirilgan. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, hujum aynan o‘sha jangarilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top