14:24 / 31.07.2016
8469

Singapurning sobiq prezidenti insult bo‘ldi

Singapurning sobiq prezidenti Sellapan Ramanatan insult bo‘ldi va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.

«Singapurning sobiq prezidenti tong paytida insult bo‘ldi. U og‘ir ahvolda SGH shifoxonasining intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan», — deyiladi Singapur bosh vaziri ofisi bergan ma'lumotda.

92 yoshli Ramanatan Singapurning oltinchi prezidenti bo‘lgan. U bu lavozimda 1999-2011 yillarda faoliyat yuritgan. U Joriy yilning aprel oyida birinchi insultni boshidan o‘tkazgan edi.

Top