19:53 / 01.08.2016
11637

1 avgustdan yilning eng yorqin "yulduzlar yog‘ilishi" boshlandi

Foto:scoopnest.com

1 avgustdan boshlab yilning eng yorqin meteorlar oqimi – perseidlar avgustda tungi osmonni yorug‘lantirishni boshladi. U bu yil noodatiy katta bo‘ladigan o‘zining yorqinlik cho‘qqisiga avgust oyi o‘rtasida erishadi, deb xabar bermoqda Space.com.

Uchuvchi yulduzlur – meteorlar o‘zidan sayyoralararo moddaning qum zarrasidan no‘xatgacha o‘lchamdagi kichik bo‘laklarini aks ettiradi. Ular Yer atmosferasiga soniyasiga 20 km tezlik bilan kirib, deyarli darhol yonib ketib, o‘z ortidan yorqin iz qoldiradi.

Perseidlar eng kuchli va mashhur meteor "yomg‘irlaridan" biri hisoblanadi va Yer Svift-Tuttl kometasining chang iziga kirganda paydo bo‘ladi. Xalqaro meteorologik tashkilot (IMO) prognozlariga ko‘ra, joriy yilda bu yulduzlar uchishi o‘z faolligining maksimumiga 12 avgustda Grinvich bo‘yicha soat 18.15 dan 20.45 gacha (Toshkent vaqti bilan 13 avgust soat 0.15 dan 02.42 gacha) yetishi kerak.

Joriy yilda perseidlar juda yorqin bo‘ladi – Yerning Svift-Tuttl meteori dumining zich qoldiqlari orqali o‘tishi evaziga biz odatdagi bir soatda 80-100 ta uchayotgan yulduz o‘rniga 150-200 ta meteorni ko‘ramiz. Astronomlarning ta'kidlashicha, bu yorqin chiziqlar odamlar hayoti va orbitadagi zondlarga xavf solmaydi. 

Meteoritlar "biz tomon" Jirafa va Persey yulduzlar turkumi tomondan (osmonning shimoliy qismi) uchadi va bugungi kundan boshlab "samo toshlari"ning yorqin izlarini ko‘rish uchun tungi vaqtda aynan shu tomonga qarash kerak.  

Olimlar kuzatuvni ertaroq boshlashni tavsiya qilmoqdalar, chunki Oy Perseidlar cho‘qqiga erishganda deyarli to‘la bo‘ladi va bu ularning qurollanmagan ko‘z va binoklsiz bo‘lgan havaskorlar uchun kamroq darajada sezilarli qiladi.

Ta'kidlash joizki, joriy yulduzlar yomg‘irining "kuchliligi" rekorddan ancha yiroqdir – 2011 yil oktabrda Drakonidlar meteor oqimi soatiga 800 ta "uchayotgan yulduzni" taqdim qilgan.

 

Top