09:35 / 01.08.2016
3971

Devid Bekxem Angliya premer-ligasi promoroligida suratga tushdi

42 yoshli sobiq futbol yulduzi Devid Bekxemni ko‘plab mashhur brendlarning reklama roliklarida suratga tushishga taklif qilishadi. Bir necha kun avval internetda Bekxem suratga tushgan Sky Sports kanalidagi yangi sport mavsumining promo-roligi paydo bo‘ldi.  
 
"Tong, oddiy ingliz shahri. Pensiyadagi futbol yulduzi Devid Bekxem yugurishga otlanmoqda ... va butun futbol mavsumining his-tuyg‘ularini boshdan kechirmoqda: liq to‘la fanatlar baridagi tiqilinch, "Emireyts" stadioniga safar, qorli "boksing dey". Rolik mualliflari bularning barchasini 60 soniyalik promorolikka sig‘dira olishgan", deb yozmoqda sovsport.ru.

"Bu rolik futbol maydonida nima yuz berishini hech qachon oldindan aytib bo‘lmasligining ajoyib isbotidir", deb aytdi Bekxem.

Suratga olish ishlari may oyida London, Derbishir va Manchester shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Rolikda "Midlsbro", "Lester", "Kuinz Park Reyndjers", "Bornmut", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalarining atributikalarini ko‘rish mumkin.

Rolik mualliflari turli ob-havo sharoitlarini yaratish uchun o‘t o‘chirish mashinasini ham ijaraga olishlariga to‘g‘ri keldi. Suratga olish ishlarining bir qismi sobiq professional skeyter Mayron Mens tomonidan roliklarda harakatlangan holda kameraga olindi.

Top