12:52 / 01.08.2016
12890

Qirg‘iziston prezidenti: Agar hokimiyatni saqlab qolishni istaganimda edi, donolik qilmay, umuman boshqa islohot o‘tkazardim

© RIA Novosti

“Agar men hokimiyatni saqlab qolishni istaganimda edi, donolik qilmay, boshqa islohot o‘tkazar edim”, - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda. 

 Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, u OAVda Konstitutsiyani o‘zgartirish islohoti to‘g‘risida nimalar yozilayotganini yaxshi biladi. Shuningdek u odamlar “Almazbek Atambayev buni hokimiyatni qo‘ldan boy bermay, bosh vazir lavozimini egallash uchun shunday yo‘l tutyapti” qabilidagi fikrlari bilan ham tanish ekanligini ma'lum qildi.  

 “Agar hokimiyatni saqlab qolishni istaganimda edi, donolik qilmasdan, butkul boshqa islohotni, parlamentsiz yo‘lga qo‘yardim. Konstitutsiyada shunday imkoniyat bor. Buning uchun 300 ming ovoz to‘plansa, kifoya. Menga ko‘plab mintaqalardan Atambayevning ikkinchi muddatga qolishiga oid murojaatlar kelib tushmoqda. Shu bois menda na imzo to‘plash va na islohotlarga doir muammolar bo‘lmagan”, - deya ta'kidladi davlat rahbari. 

“Menga birodar mamlakatlar prezidentlari ham Qirg‘iziston xalqiga murojaat qilib, prezidentni o‘zgartirmaslikni so‘rashlarini bir necha marta aytishgan. Ular buni endigina  barqaror rivojlanayotgan Qirg‘izistonni ko‘rayotganliklari bilan izohlashdi”, - deya qo‘shimcha qildi u. 
 

Mavzuga oid
Top