13:54 / 01.08.2016
7604

Qirg‘iziston rahbari 2010 yilgi voqealar qurbonlariga munosib bo‘lishni xohlaydi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev OAV vakillari bilan uchrashuvida, 2010 yili mamlakat bosh maydonida halok bo‘lganlarga munosib bo‘lishni xohlashini ma'lum qildi. 

Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, uning prezidentlik davridagi asosiy maqsadi – fuqarolar ishonchini oqlashdir. 

«Odamlar erkin mamlakatda istiqomat qilishni xohlaganlari uchun ham 2010 yili qurbon bo‘lishdi. Axir biz o‘shanda. Qo‘qon xonligiga aylangandik. Men 1 yildan ko‘proq qolgan muddatim davomida ko‘proq narsaga ulgurib qolishni xohlayman. Shu boisdan ham, mamlakatni ortga qaytara olmasliklari uchun Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish tarafdoriman. Mendan so‘ng, yana bir qandaydir ajdarho kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bungacha bizda ikki marta shunday bo‘ldi», - deb xulosa qilgan Almazbek Atambayev.

Top