18:35 / 01.08.2016
13839

Nogironlar aravachasi uchun dunyoda birinchi avtopilot yaratildi

Foto: Clever Chair

Boshni transplantatsiya qilishga (ko‘chirib o‘tkazishga) ilk nomzod Valeriy Spiridonov Clever Chair (Aqlli kreslo) startapining yaratilishi haqida e'lon qildi. Bu loyiha doirasida Spiridonov va uning jamoasi nogironlar kreslosi uchun dunyodagi birinchi avtopilot tizimini yaratishdi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi. 

“So‘nggi bir necha oy men xalqaro muhandislar jamoasi bilan hamkorlikda dunyodagi eng yaxshi robot texnikasi, kompyuter dasturlari va fazoviy skanerlarni o‘zida jamlagan qurilmani ishlab chiqarish ustida ishlayapman. Qurilmaning vazifasi –og‘ir kasallarning bino ichida ovoz buyruqlari yoki smartfon ilovasi yordamida har qanday nogironlik aravachasini boshqarishi. Boshqacha qilib aytganda, biz nogironlar uchun avtopilot yaratmoqdamiz”, - deya ma'lum qildi Spiridonov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun u ana shunday qurilmaning sinov partiyasini ishlab chiqarish uchun IndieGoGo (https://igg.me/at/cleverchair) platformasida mablag‘ to‘plash loyihasini yo‘lga qo‘yadi, avtopilot tizimi prototipi tayyor va u sinovdan o‘tgan, endi ularning ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishgina qoldi, xolos. 

“Men yaqin oylarda insonlarga yordami teguvchi, bahs-munozaralar keltirib chiqarmaydigan texnologiyani taklif etaman. Biz qurilmalarning boshlang‘ich narxini atigi 200 dollar bilan chegaralashni rejalashtiryapmiz”, - deya davom etdi muhandis. 

Clever Chair tizimi uch tarkibiy qismdan iborat – boshqaruv blogi, infraqizil kosmik zondlar va foydalanuvchining joylashgan yerini kuzatuvchi kameralar, smartfon ilovasi harakat xaritasini tayyorlaydi va inson buyrug‘iga itoat qiladi. Spiridonovning hisoblashicha, mazkur tizim nogironlarning imkoniyatlari doirasini sezilarli darajada kengaytiradi va shu bois iste'molchilar va investorlar doirasida katta qiziqish uyg‘otadi. 

Clever Chair’dan foydalanuvchi inson o‘ziga ma'qul joylarni tanlab olib, loyiha yordamida yoki shunchaki joy nomini aytib (masalan, oshxona), nogironlar aravachasini u yerga bemalol harakatlantirishi mumkin.

Spiridonovning umid qilishicha, keyinchalik GPS priyomniklari va qator boshqa qurilmalar yordamida tizim ishini kengaytirish mumkin, bu esa aravachaning shahar ko‘chalarida mustaqil harakatlanishiga imkon yaratadi. 


 

Mavzuga oid
Top