09:25 / 01.08.2016
3585

PSV Niderlandiya Superkubogi sohibi bo‘ldi

Niderlandiyada Superkubogi uchun bahsda Eyndxovenning PSV va Rotterdamning «Feyyenoord» klublari bahs olib borishdi. O‘yinning 38-daqiqasida Propper tomonidan urilgan yagona gol PSV klubiga g‘alaba keltirdi.

Eyndxovenliklar klubi ketma-ket ikkinchi marta, o‘z tarixida esa 11-marta Superkubokda g‘olib chiqdi (1992, 1996, 1997, 1998, 2000, 2001, 2003, 2009, 2012, 2015, 2016).

Niderlandiya Superkubogi, final
31 iyul. Amsterdam. «Amsterdam Arena»
«Feyyenoord» – PSV 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 38 Propper.
Feyyenoord – Xansson, Bottegin, Nelom, Karsdorp, Kongolo, Tornstra (Basajikoglu, 62), El-Axmadi, Kyuyt, Trindade, Elia, Yorgensen (Kramer, 77).
PSV – Zut, Brenet, Villems, Izima-Miren, Guardado (Kox, 88), Xendriks, Propper, Pereyro (Narsinx, 60), Shvaab, Lokadiya, de Yong.
Ogohlantirishlar: Tornstra (31), Villems (31), Izima-Miren (53).

Top