07:31 / 01.08.2016
3911

Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartibni oktabrdan kiritishni talab qilmoqda

Agar Yevropa Ittifoqi yaqin oylarda Turkiya fuqarolari uchun vizasiz tartib kiritmasa, unda Turkiya migratsion inqirozni hal qilish kelishuvidan chiqib ketadi, deb aytdi mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu.

"Agar ish viza tartibini erkinlashtirish bilan tugamasa, biz 18 martdagi qochqinlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvni bajarishdan voz kechishga majbur bo‘lamiz", deb aytdi u.

Chovusho‘g‘luning aytishicha, bu qaror oktabr boshi yoki o‘rtalarida qabul qilinishi kerak. U, shuningdek, Turkiyaga bu masala bo‘yicha yakuniy sana ma'lum qilinishini talab qildi.

Top