23:27 / 01.08.2016
6261

Turkiya mudofaa vazirligi isyondan keyin 167 generalni joylari bilan almashtirdi

Foto: sputnikarmenia.ru

Turkiya mudofaa vazirligi mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 167 generalni yangi lavozimlarga tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan farmonda quruqlikdagi qo‘shinlarning 94 generali, harbiy-dengiz kuchlarining 22 admirali va harbiy-havo kuchlarining 44 generali yangi lavozimlarga tayinlangani ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 311 harbiy, jumladan 9 general to‘ntaruvga urinishni tashkillashtirish ishi bo‘yicha qidiruvda qolmoqda.

Top