19:59 / 01.08.2016
13475

O‘qish paytida ozib ketgan talabani ota-onasi tanimay qoldi

Foto: Videodan olingan kadr

Vibava Brazers Londonda 3 yil ta'lim olish vaqtida 20 kilogrammga ozib ketdi. U Indoneziyadagi uyiga qaytgach, oila a'zolariga syurpriz uyushtirmoqchi bo‘ldi.

Vibava tamaddixonalardan birida aka-ukasi bilan kelishib, hech narsadan xabari yo‘q ota-onasiga uchrashuv tashkillashtirdi, biroq o‘zini notanish kishi qilib ko‘rsatib, ular o‘tirgan stol yonidagi stolga o‘tirdi. Talabaning ota-onasi yonlarida farzandlari o‘tirganini darrov anglay olmadilar.

 

Top