17:28 / 02.08.2016
7303

«ELSIB» Taxiatosh IES uchun elektrodvigatellarni O‘zbekistonga yubordi

Rossiyaning «ELSIB» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 4AZM-5000/6000 XL4 rusumli elektrodvigatellarni O‘zbekistonga jo‘natdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. 

Elektrodvigatel Taxiatosh IES uchun ishlab chiqilgan. O‘zbekiston kompaniyasi bilan elektrodvigatellar ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha 2015 yilda imzolangan shartnoma shu yilning iyul oyida yopilgan edi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi 3 yilda «Elsib» korxonasi O‘zbekistonning 4ta elektrostansiyasi (Yangi Angren IES, Navoiy IES, Sirdaryo IES va Taxiatosh IES)ga 12 ta elektrodvigatelni yetkazib bergan edi. Ularning quvvati 2000 dan 8000 kVtgacha bo‘lib, nasoslarni ishga tushirishga mo‘ljallangan.

Top