12:18 / 02.08.2016
14895

Xitoy Afrika bozorini ham egallamoqda

Foto: Al Jazeera

Ko‘plab afrikalik tadbirkorlar Xitoyni o‘zlari uchun yangi imkoniyatlar makoni deb hisoblamoqda. Minglab afrikalik biznesmenlar Xitoyga oqib kelishmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar beradi.

Shunday tadbirkorlardan biri Natali Fodderi, deyiladi manbada. U Kongo Demokratik Respublikasidan Guanjouga kelgan. U uch hafta davomida ta'mirtalab bo‘lgan restorani uchun jihozlar topishi kerak.

Xitoy va KDR o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar 2007 yildan buyon yaxshilanib keladi. O‘shanda afrikaliklar Xitoyga 14 milliard dollarlik mis va kobalt yetkazib berishadi. Evaziga Xitoy qurilish korxonalari Kongoda 3,500km avto va temiryo‘llar, 30 ta kasalxona quradi. Bu g‘arb mamlakatlarining beradigan kreditlaridan ancha qulay edi.

Shu tariqa ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilana boshladi. Kongo ko‘chalarida odamlar «Ni Xao» deb xitoycha salomlasha boshladilar. Mahalliy aholi Xitoyni shunchalik yaxshi ko‘rib qolishdiki, qora tanli bo‘lmagan har qanday odamga xitoycha salom berishadi.

Kongodagi aviakompaniyalar ham Xitoyga maxsus reyslar ocha boshladi. Birinchi bo‘lib Guanjou o‘z eshiklarini keng savdo uchun ochdi.

Shu tariqa Xitoy Afrika bozorini ham asta-sekin egallamoqda...

Top