18:33 / 02.08.2016
6752

Xitoyda ilk milliy superkondensatorli tramvay namoyish etildi

Xitoyning Hunan viloyatida superkondensatorli birinchi, mustaqil dizaynerlik tramvayi taqdim etildi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi. 

“Tramvay simlarsiz harakatlanish imkonini beruvchi, quvvatni saqlovchi superkondensatorlar bilan jihozlangan bo‘lib, u 30-soniyalik to‘xtash vaqtida to‘liq quvvatlanadi va 3-5 kmga yura oladi”, - degan CRRC Corporation Ltd. kompaniyasi shaxobchasi Zhuzhou Electric Locomotive Co.ning bosh muhandisi Suo Jangguo (Suo Jianguo). 

Tramvay 380 yo‘lovchi bilan soatiga 70 km tezlikda yura oladi. Bundan tashqari, qariyalar, bolalar va homilador ayollarning vagonga chiqishini osonlashtirish maqsadida past polli qilib ishlab chiqarilgan. 

"Ushbu transport vositasi, to‘liq holda Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi texnikadir", deb ta'kidlagan Suo. 

Tramvayning yana bir e'tiborli jihati, u ekologik toza quvvatda harakatlanadi hamda tormoz berish vaqtida ishlab chiqarilgan quvvatning 85 foizidan qayta foydalanadi.

Top