09:56 / 02.08.2016
11865

Maykl Duglasning o‘g‘li 7 yillik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqdi

Giyohvand moddalari kontrabandasi bilan ayblanib, 7 yillik qamoq jazosini o‘tagan aktyor Maykl Duglasning o‘g‘li Kemeron ozodlikka chiqdi. Bu haqda ABC News xabar bergan.

Avvaliga, 2010 yili 37 yoshli Kemeronni 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilishgan edi. So‘ngra jazoni o‘tash muassasasi ichida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun jazo muddati yana uzaytirilgan.

U 2018 yilda ozodlikka chiqishi rejalashtirilgandi. Kemeron 2009 yilda Manhettendagi «Gansvurt» mehmonxonasida katta miqdorda metamfetamin va kokain bilan savdo qilganiga iqror bo‘lgan.

Kemeron Duglas aktyorning Diandra Duglas bilan nikohidagi yagona farzand hisoblanadi.

Top