23:20 / 02.08.2016
6463

Mxitaryan Sanedan arzonroq, lekin zo‘rroq...

Bugun Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Shalke»dan Leroy Saneni sotib olganini rasman tasdiqladi. Germaniyalik futbolchining transferi «Siti»ga 37 million funtga tushdi.

«Manchester Yunayted» esa armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni «Borussiya»dan 26 million funtga sotib oldi. Har ikki futbolchi ham Germaniya chempionatidan Angliyaga ko‘chib o‘tishdi.

Sane o‘tgan mavsumda Germaniya chempionatida 8 ta gol urib, 6 marta golli pasni amalga oshirgan. Mxitaryan esa 11 marta gol urib, 15 marta golga assistentlik qilgan. Genrix Sanedan arzonroq, lekin zo‘rroq...

Top