23:24 / 02.08.2016
5190

Michiganlik olimlar qotillik qurboni smartfonini barmoqlari izining qog‘ozdagi nusxasi bilan blokdan chiqarishdi

Google image

Michigan shtati universiteti olimlari politsiyaga qotillik qurbonining Samsung Galaxy S6 smartfonini blokdan chiqarishda yordam berdilar. Qurilma qotillikni tergov qilishda muhim dalil bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Bu haqda NPR nashri xabar bermoqda. 

Olimlar vazifasini ularga politsiya tomonidan berilgan qurbon barmog‘i izi nusxasining sifati smartfonni blokdan chiqarish uchun juda past bo‘lgani murakkablashtirgan. Shuning uchun ular birinchi navbatda tasvirdagi barcha bo‘shliqlarni to‘ldiruvchi algoritmni yozdilar.   

Zamonaviy smartfonlardagi barmoq izlari skaneri nafaqat tasvirni skanerlaydi, balki terining elektr o‘tkazuvchanligini sezadi, shuning uchun barmoqning plastik nusxasini yaratish yetarlilik qilmagan. 

Dastlab tadqiqotchilar vazifani bajarish uchun 250 ming dollarlik 3D-printer va metall changni bosuvchi 600 ming dollarlik maxsus qurilmadan foydalanishni rejalashtirishgandi.

Biroq 3D-bosma skanerni "aldash" uchun juda past sifatli bo‘lgan. Olimlar natijaga ancha arzonroq usul bilan erisha olishdi. Ular smartfonni unga oddiy purkovchi printer yordamida barmoq izining ikki o‘lchamli nusxasini elektr o‘tkazuvchi qog‘ozga tushirib blokdan chiqara oldilar.  

NPR’ning ta'kidlashicha, olimlarga Samsung Galaxy S6 telefoni bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin raqamli kod kiritishni talab qilmagani qo‘l keldi, shuning uchun sinovlarni qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom ettirish mumkin bo‘ldi. Olimlarning aytishicha, ular qo‘llagan usul Samsung Galaxy S6 va Huawei Honor 7 telefonlarida ishlaydi, biroq iPhone 5s va Meizu MX4 Pro smartfonlarida ishlamaydi. 

Yil boshida San-bernardinolik terrorchining iPhone 5c (barmoqlar skaneri yo‘q) smartfonini blokdan chiqarish zaruriyati Apple kompaniyasi va Federal qidiruvlar byurosi o‘rtasida ixtilofga olib kelgandi. Natijada qurilma kompaniya ishtirokisiz ochilgan.

Top