19:04 / 02.08.2016
22412

Tadqiqot: “Rossiya AQShdagi saylovlarga aralashmoqda!”

Foto: © RIA

Amerika aholisining salkam yarmi - 48 foizining fikricha, Rossiya hukumati AQSh prezidentligi uchun saylov natijalariga ta'sir ko‘rsatishga urinmoqda. 44 foiz fuqaro esa, aksincha fikrda. CNN telekanalining ORC tadqiqot xizmati bilan birga o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovi natijalari shuni isbotlamoqda. 

So‘rov natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etganlarning 8 foizi "Siz eshitgan va ko‘rgan narsangiz asosida, Rossiya hukumati AQShdagi saylovga ta'sir etishga urinmoqdami yoki yo‘qmi?" degan savolga javob bermagan. 

Hillari Klinton tarafdorlarining 60 foizi bu savolga, aralashmoqda deya javob bergan bo‘lsa, respublikachi nomzod Tramp tarafdorlarining 33 foizi shunday qarashni yoqlagan. 

Shuningdek, so‘rovnoma chog‘ida mamlakat aholisining 37 foizi “Rossiyani AQShga do‘st bo‘lmagan davlat”, deb bilishi aniqlangan. Ikki yil avval, bu raqam 52 foizdan iborat bo‘lgan. Besh yil muqaddam esa, 28 foiz amerikalik shu fikrni himoya qilgan.

Top