15:56 / 02.08.2016
9477

Savchenko yana bir bor ochlik e'lon qildi

Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko Donbassdagi harbiylarni asirlikdan ozod qilish jarayoni sekinlashganiga qarshi norozilik belgisi sifatida ochlik e'lon qildi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanalida ma'lum qilindi.

"Bugundan e'tiboran men ukrainalik asirlarni ozod qilish jarayonidagi turg‘unlik tufayli (...) yana ochlik e'lon qilaman. Bu natijaga erishilguniga qadar davom etadi", degan Savchenko.

Bundan oldinroq u Kiyevga DXR va LXR rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni taklif etgandi. Xalq deputati bo‘lmish Savchenko bu bo‘yicha muzokaralarda shaxsan o‘zi ishtirok etishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Top