19:47 / 03.08.2016
14182

Dunyodagi eng ajoyib futbol mashg‘ulot majmualari

Yer yuzining turli burchaklarida, mamlakatlarida kishilar, sayyohlarning e'tiborini tortadigan tarixiy yodgorliklar qatori, zamonaviy inshootlar ham barpo etilgan, etilmoqda. Ularning eng chiroylilari, mashhurlarini aniqlash borasida turli so‘rovlar ham o‘tkazilgan. 

Millionlar o‘yini bo‘lmish futbol sohasi ham bundan mustasno emas. Dunyoga mashhur futbolchilarni yetkazib berish, tarbiyalash o‘ziga xos sarf-xarajatlarni, e'tiborni talab qiladi. Quyida, futbolchilar orasida eng mashhur bo‘lgan futbol mashg‘ulotlari majmualarining ro‘yxatini havola etamiz. 
 

1. La-Tyurbi mashg‘ulotlar markazi, Monako.

La-Tyurbi shundoqqina tog‘ yonini ko‘chirib hosil qilingan markaz bo‘lib 3ta maydonga ega. Asosiysi, to‘pni qafasdan tashqariga tepib yubormaslikda. 

2. Valdebebas mashg‘ulotlar bazasi, Real Madrid.

Majmua uchta sun'iy qoplamali stadion va ikkita standart maydonlarga ega. Bular yoshlar va asosiy jamoa xizmatiga shay turibdi. Gidroterapiya markazida  sovuq va issiq suv havzalari mavjud. 

3. Kolni mashg‘ulotlar bazasi, Arsenal London.

Ushbu majmua 1999 yili foydalanishga topshirilgan. O‘shanda u 10 mln funt sterlingga barpo etilgan edi. Bazani qurish ishlari qisman Nikolya Anelkaning Real Madridga sotilishi bilan qoplangandi. Angliya milliy termasi aynan mana shu bazada uy o‘yinlariga tayyorlanadi. 

4. Cidade do Galo majmuasi, Atletiko Mineyro.

Ushbu bazada restoran, kinoteatr va sport psixologik markazi ham barpo etilgan. U, Braziliyaning eng yirik shaharlaridan biri Belu-Orizontida joylashgan. 2014-yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi ayni mana shu majmuada joylashgan edi. 

5. Aon mashg‘ulotlar markazi (Karrington), Manchester Yunayted.

Majmuani barpo etish ishlari 1999-yili boshlanib, 2000-yili bu yerda ilk jamoa mashg‘ulotlar o‘tkaza boshladi. 2002-yilda qurilish to‘liq yakunlandi. Shunday qilib, The Trafford Training Centre va Carrington bazasi homiylik shartnomasi tufayli Aon markazi deb atala boshlandi. 

6. Milanello mashg‘ulotlar bazasi, Milan.

Milanello nomi bilan mashhur majmua 1963 yili ochilgan edi. Turli yillarda Milan tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchilari bu yerda mashg‘ulotlar o‘tkazgan. 160,000 kvadrat metr – bazaning umumiy maydoni shunga teng. Unda qarag‘ay o‘rmoni, uncha katta bo‘lmagan ko‘l, 6ta chimli, bitta sun'iy qoplamali, yana bitta yopiq maydon bor. Bundan tashqari bitta futzal maydonchasi va ko‘plab arxiv hujjatlari mavjud. 

7. Etihad Kampus, Manchester Siti.

Bu markaz 2014-yili ochilgan. Uni qurish ishlariga 200 mln funt mablag‘ sarflangan. Etihad Kampus Etihad o‘yingohining shundoqqina qarshisida joylashgan bo‘lib, ular ko‘prik orqali o‘zaro tutashtirilgan. Uni qurishdan avval, barcha sport turlari bo‘yicha dunyoda mavjud eng yaxshi 70ta majmua ko‘rib chiqilgan va nihoyat 19ta loyihadan shunisi tanlangan edi. 

8. Zebener Shtrasse majmuasi, Bavariya.

80000 kvadrat metr, plyaj voleyboli maydoni va ko‘ptarmoqli sportzal Zebener Shtrasse tarkibiga kiradi.

9. Enfild mashg‘ulotlar bazasi, Tottenhem.

15 ta chimli maydonning barchasi faqat birinchi jamoa uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida 150 dan ortiq daraxt o‘tqazilgan.  

10. Steplvud majmuasi, Sauthempton.

Ushbu mashg‘ulotlar markazi ham 2014-yili ishga tushirilgan. Unga 39 mln funt mablag‘ sarflangan. 

11. «Siutat Esportiva Joan Gamper» majmuasi, Barselona.

Baza joylashgan hudud klub tomonidan 1989 yilda xarid qilingan edi. U, Kamp Noudan 4,5 km uzoqlikda joylashgan. Stadion va bazani bitta yo‘l bog‘laydi. Uning umumiy qiymati 68 mln yevroga baholangan.

12. Fernan Sastr nomidagi Milliy texnik markazi (Klerfonten), Fransiya terma jamoasi.

1988-yili foydalanishga topshirilgan baza Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti sharafiga nomlangan. Teri Anri, David Trezege, Nikolya Anelka, Abu Diabi, Hatim bin Arfa va Luis Saa ushbu maktab bitiruvchilaridir.

13. Melvud mashg‘ulotlar majmuasi, Liverpul.

Bu majmua 2000-yillar boshida qayta ta'mirlangan. Rekonstruksiya ishlarini  Liverpul jamoasining o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Jyerar Ule bevosita nazorat qilgan. 

14. St George's Park milliy futbol markazi, Angliya terma jamoasi.

Futbol maktabi jahon me'yorlariga mos keluvchi 12ta chimli va sun'iy qoplamali maydonlarga ega. Shuningdek, usti yopiq maydon ham bor. Loyiha qiymati 105 mln funt sterling.

15. Aspire Academy sport maktabi, Qatar.

Aspire Dome bir paytning o‘zida 13ta turli sport anjumanini o‘tkazish imkonini beradi. Ularning barchasi iqlimni nazorat qiluvchi qurilmalarga ega. Aspire akademiyasining turarjoyi 132 ta to‘liq mebellashgan xonalardan iborat. Ularning 4tasi lyuks, 128 tasi ikki kishilik xonalardir. 

16. Vinovodagi "Yuventus markazi" mashg‘ulotlar majmuasi, Yuventus.

Baza tarkibiga o‘quv mashg‘ulot maydonlari va tibbiyot inshootlari kiradi. Unda, asosiy va yoshlar jamoasi birdek tayyorgarlik ko‘radi. 9ta futbol maydoni mavjud. Ularning ikkitasi sun'iy qoplamali, yana birining usti yopiqdir.

Top