09:33 / 03.08.2016
11052

Kongo Respublikasi defolt e'lon qildi

Kongo Respublikasi to‘lanmagan 478 mln dollarlik qarzi tufayli defolt e'lon qildi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Afrikadagi mamlakatning hukumati 30 iyulga qadar olingan qarzini uza olmagan va shu bois davlat qarzini to‘lay olishga layoqatsizligi tan olingan.

Reyting agentligi Kongoni defoltga aynan nima yetaklaganiga oydinlik kiritmagan. Faqat mamlakat neft eksportidan jiddiy zarar ko‘rgani ma'lum qilingan, xolos.

2015 yilning sentabr oyida Xalqaro valyuta fondi Kongo neftning tushib ketishi oqibatida kuchli zarba olganini ma'lum qilgandi. 2014 yilda neftdan keladigan foyda mamlakat byudjyetining 70 foizini tashkil qilar edi.

Mavzuga oid
Top