15:59 / 03.08.2016
3787

Londonda terror xavfi tufayli qurollangan politsiyachilar ko‘paymoqda

London ko‘chalarida 3 avgust kunidan boshlab qurollangan politsiya xodimlari ko‘payadi. Bu haqida London meri Sodiq Xon va shahar politsiyasining boshlig‘i ser Bernard Xogan-Xou ma'lum qilishdi

Yevropada tez-tez ekstremistlar hujumlari amalga oshirilayotgani uchun shahar hokimiyati shunday chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. 

“Germaniya, Belgiya, Fransiyaga ketma-ket hujumlar uyushtirildi, bizning bu dalillarni inkor qilishimiz aqlsizlik bo‘lar edi. Shu bois ko‘chalarda tahdidga munosib javob qaytara oluvchi qurolli politsiyachilarning bo‘lishi juda muhim”, - deya ma'lum qildi Xogan-Xou. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurollangan politsiyachilar shaharning ba'zi tumanlarini kecha-yu kunduz qo‘riqlashadi. Bu birinchi navbatda, sayyohlik obidalari va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga tegishli. 

“Londonliklar politsiya va xavfsizlik xizmati xodimlari ularning osoyishtaligini ta'minlash uchun har tomonlama harakat qilishayotganiga ishonch hosil qilishlari kerak”, - deya ma'lum qildi London meri Sodiq Xon. 

Bundan avval ko‘chalardagi qurollangan politsiyachilar sonini 600 kishiga ko‘paytirish rejasi haqida xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top