00:38 / 03.08.2016
4854

Misrda uyning qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Misrning Soxag‘ viloyatida 3 qavatli uyning qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Axram Onlayn" portali ma'lum qildi.
Ayni vaqtda qutqaruvchilar jasadlarni vayronalar ostidan chiqarib olishga harakat qilishmoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, binoning qulashiga uning yonida yangi uy qurilishida olib borilgan yer ishlari sabab bo‘lgan.   

Ta'kidlanishicha, Misrda binolarning qulashi qurilish xavfsizlik me'yorlariga amal qilinmagan holda olib borilishi sababli ko‘p uchrab turadigan holat hisoblanadi.

Top