16:17 / 04.08.2016
5539

Afg‘onistonda “Tolibon” yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Foto: foxnews

Afg‘onistonning shimolidagi Qunduz muzofotida tolibonlarning asosiy rahbarlaridan biri bo‘lmish Mulla Xayrulla va uning to‘rt tansoqchisi yo‘q qilindi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy politsiya rahbari Kozim Jangalbog‘ning ma'lum qilishicha, jangarilarning o‘rni uchuvchisiz apparat yordamida aniqlangan.
“Tolibon” bu ma'lumotni hali tasdiqlamagan.

Avvalroq Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Xanif Atmar pokistonlik tolibonlarning yetakchisi Mangal Bagxning o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi.

Top