09:24 / 04.08.2016
6318

AQShning Yangi Orlean shahrida pokemon Pikachuga haykal o‘rnatildi

AQShning Yangi Orlean shahrida pokemonlar o‘yinidagi koinot maxluqi Pikachu haykali paydo bo‘ldi. Sariq sichqonchaning haykali shaharning odamlar istiqomat qiladigan tumanida, ishlamaydigan favvora o‘rnida qadr rostladi.

Haykal tosh va shisha-plastikdan yasalgan. 

Pikachu haykali mahalliy aholi orasida tezda mashhur bo‘lib ketdi, ijtimoiy tarmoqlarda haykalning ko‘plab suratlari paydo bo‘ldi. Shahar rahbariyati Pikachuni shu joyda abadiy qoldirmoqchi.

Top