19:14 / 04.08.2016
3475

BMT 2016 yil boshidan buyon Suriyaga 107 marta insonparvarlik yuklari ortilgan karvonlar jo‘natdi

BMT yilning 7 oyi davomida Suriyaning qamalda qolgan hududlaridagi 1,2 million kishi uchun insonparvarlik yuklari jo‘natib kelmoqda. Bu haqda BMTning insonparvarlik masalalarini muvofiqlashtirish bo‘limi hisobotida aytilgan.

Ma'lum qilinishicha, 1 261 250 kishi uchun yordam yuklari yetkazilgan, ularning 800 mingga yaqini borish qiyin bo‘lgan hududlarda, 400 ming nafari esa — IShID qamalida qolgan hududlarda yashaydi.

Jami bo‘lib BMT va hamkor tashkilotlar 2016 yil boshidan buyon Suriyaga insonparvarlik yuklari ortilgan 107ta karvon jo‘natgan, shuningdek, 87 marta havodan yuklar tashlangan.

Top