19:00 / 04.08.2016
5129

Eron hukumati 25 terrorchini qatl etdi

Foto: © AFP

Eron hukumati Kurdiston muzofotida mahalliy terrorchilik guruhi bo‘lmish “Tavhid va Jihod”ning 25 nafar a'zosini qatl etdi. Bu haqda muzofot prokuraturasi xabar bermoqda.

"Muzofotda qatl etilgan 25 nafar terrorchi mamlakatdagi shaharlarda terakt uyushtirish rejasida aloqador deb topilgan", — deyiladi prokuratura xabarida. Qatl Tehrondan uncha uzoq bo‘lmagan Radjaiy qamoqxonasida amalga oshirilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, terrorchilar bombalar tayyorlashgan, suiqasd va olib qochish ishlari bilan shug‘ullangan.

Top