10:23 / 04.08.2016
6169

Xitoy tashqi ishlar vazirligida Xitoy va Rossiya o‘rtasida Markaziy Osiyo uchun raqobat bo‘lmasligi aytildi

Foto: RIA Novosti

Xitoy va Rossiya Markaziy Osiyoda raqobatchi bo‘lmaydilar, buni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Buyuk Ipak yo‘li iqtisodiy kamarini (BIYIK) rivojlantirishni birlashtirish haqidagi kelishuv ham tasdiqlaydi, deb aytdi Xitoy tashqi ishlar vazirligining Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Guy Tsun'yuy.

"Dunyoda davlatlarimiz orasida do‘stona munosabatlarning rivojlanishiga qarshi bo‘lgan kuchlar mavjud va ular Xitoy va Rossiya Markaziy Osiyoda raqobatchi bo‘ladilar, deb aytmoqdalar", deb aytdi Tsun'yuy jurnalistlarga.

Uning aytishicha, bunday fikrlar Xitoyning Ipak yo‘li iqtisodiy kamarini qurish haqidagi taklifidan keyin tez-tez bildirila boshlagan.

"Dalatimiz yetakchilari o‘rtasidagi YeOII va BIYIKni birlashtirish bo‘yicha kelishuv xalqaro hamjamiyatning bu xato fikrlariga qat'iy javob hisoblanadi. Erishilgan kelishuvlar butun dunyoga Xitoy va Rossiya strategik hamkorlar va yirik davlatlar bo‘la turib, nafaqat o‘z taraqqiyoti, balki butun Yevrosiyo qit'asi rivoji uchun hamkorlik qilishga qat'iyat va istakka egaligini ko‘rsatuvchi javobdir", deb aytdi Tsun'yuy. 

Tsun'yuy shuningdek Xitoy va Rossiya o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan hamkorlik g‘arb davlatlarining g‘ashiga tegayotgani haqidagi fikrlarga qo‘shilmasligini aytdi.

Uning aytishicha, Xitoy va Rossiya o‘zining mustaqil tashqi siyosatiga amal qiladi va dunyoning barcha davlatlari bilan hamkorlik kilishga tayyor.

Tsun'yuyning fikricha, ba'zi g‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan tahqirlovchi yondashuvni namoyon qilmoqda, Xitoy esa Rossiyani ikkinchi darajali davlat emas, doim yirik davlat hisoblab kelgan. 

"Rossiya hozir o‘z iqtisodiyotida muammolarga duch kelmoqda, biroq unda hali ham katta zaxiralar, mustaqil sanoat bazasi, ilg‘or texnologiyalar mavjud. Rossiyada iqtisodiy rivojlanish uchun katta salohiyat bor. Hozirda dunyo iqtisodiyoti katta muammolarga duch kelayotgan, Rossiya esa uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan paytda, AQSh va Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritganini umuman tushunmayman. Ularning maqsadlari nima ekanligini bilmayman", deb aytdi Tsun'yuy.

"Siz Xitoy va Rossiya teng kuchlarga ega emas deb aytdingiz. Mening fikrimcha, bu masalaga atroflicha yondashish kerak. Rossiya muammolarga duch kelayotganiga qaramasdan, Xitoy uni hanuzgacha dunyodagi yetakchi va nufuzli davlat deb hisoblaydi. Xitoy va Rossiya umumiy kuchlari bo‘yicha tengdir", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Tsun'yuy.

Top