20:52 / 04.08.2016
4717

Hyundai kompaniyasi Genesis modelini ishlab chiqarishdan voz kechdi

Hyundai kompaniyasi Genesis kupesini konveyerdan olishga qaror qildi. Bu haqda kompaniyaning AQShdagi bo‘limi vakili Kristin Xinli bayonotiga iqtibos keltirgan holda Autoblog xabar bermoqda. 

"Genesis kupesining 2016 yilgi model yili bu orqa privodli sportkupe uchun oxirgi yil bo‘ladi. Ayni vaqtda Genesis premial markasi ostida ishlab chiqariladigan yangi mukammalroq va hashamatliroq kupe yaratilmoqda", deb aytdi Xinli.

Genesis modeli va shunday nomdagi alohida marka bilan chalkashlik sababli mavjud modeldan voz kechishga qaror qilingan. Yangi kupe 2017 yildan keyin yana 5 ta yangi model bilan birga paydo bo‘ladi. Shuningdek, yangi mashina BMW M4 bilan raqobatlasha oladigan "quvvatlangan" modifikatsiya oladi.

Yangi kupe 3,3 litrli biturbo, 6 silindrli, Genesis G90 sedanida ilk bor qo‘llangan dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel 370 ot kuchiga ega bo‘ladi va 8 pog‘onali "avtomat" uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi.

Top