07:35 / 04.08.2016
5087

Noma'lum kimsa London markazida odamlarga pichoq bilan tashlandi

Londonning markaziy qismida joylashgan Rassel-skver maydonida mahalliy vaqt bilan soat 22.30da noma'lum kimsa odamlarga pichoq bilan hujum qilgan. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan va besh kishi yaralangan. Voqea joyiga politsiya va tez yordam brigadalari yetib kelgan.

Voqea joyida yaralangan 6 kishi aniqlangan. Keyinroq ulardan biri bo‘lgan ayol kishi olingan jarohatlardan vafot etgan.

Bosqinchi hibsga olingan. Politsiya jinoyatchini qo‘lga olishda elektroshoker qo‘llagan. Voqea joyi o‘rab olingan. Politsiya terakt versiyasini istisno etmayapti.

Jabrlanganlar ahvoli haqida hozircha hech narsa ma'lum qilinmagan. Politsiya jinoyat sabablarini aniqlashtirmoqda.

CNN’ning mahalliy hukumat vakillariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, jabrlanganlar orasida AQSh fuqarosi bo‘lishi mumkin. Politsiyachilar voqea joyiga bir erkak odamlarga hujum qilayotgani haqidagi xabarlardan keyin yetib kelgan. Jinoyatchi 10 daqiqa ichida qo‘lga olingan.

Ushbu hujum Skotlend-Yard Londonni teraktlardan himoyalash uchun qo‘shimcha 600 qurollangan politsiyachini jalb qilishi haqidagi e'lonidan bir necha soat o‘tib sodir etildi.

Top