15:59 / 04.08.2016
4581

Noma'lum shaxs Fransiya g‘arbidagi qamoqxonada odamlarni garovga oldi

Noma'lum shaxs Fransiyada tergov izolyatoriga hujum qilib, odamlarni garovga olgan. Bu haqda BFM telekanalida xabar tarqatildi.

Qayd etilishicha, bu hodisa mamlakat g‘arbidagi Le-Man shahrida ro‘y berdi. Qamoqxona mahbuslaridan biri va xodimlar garovda ekani aytilmoqda.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Voqea joyiga maxsus topshiriqli guruhlar yuborilgan.

Top