23:53 / 04.08.2016
12670

Turkiya fuqarolari davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin deyarli 11 mlrd dollar sotib yuborishdi

Turkiya fuqarolari davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin ikki hafta ichida 10,825 mlrd dollar sotib yuborishdi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Mamlakat markaziy banki ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi AQSh valyutasidagi depozitlar hajmi 15 iyuldan 29 iyulgacha bo‘lgan davr ichida 6,2 foizga, ya'ni 174,1 mlrd dollardan 163,3 mlrd dollargacha kamayib ketgan.

Avvalroq Turkiya iqtisodiyoti davlat to‘ntaruviga urinish oqibatida 300 mlrd turk lirasi (100 mlrd dollar) yo‘qotgani ma'lum qilingandi.

To‘ntaruvga qaramay, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an sarmoyadorlarni mamlakatga moliyaviy vositalarni sarmoya qilishga chaqirdi.

Top