12:25 / 04.08.2016
10330

Turkiyalik sartarosh yordamchisining boshida Erdo‘g‘anning portretini aks ettirdi

Turkiyalik sartarosh Erjon Buyruq mamlakat rahbariga sadoqatini ifodalash uchun o‘z yordamchisi boshida Erdo‘g‘anninn tasvirini aks ettirdi. U o‘z mahorati bilan bu ishni amalga oshirish uchun 8 soat vaqt sarflagan.

«Bizning yuragimizda prezidentga muhabbat bor. Men bu sevgimni o‘z san'atim orqali namoyish etmoqchi bo‘ldim. U bizning rahbarimiz ekan, bexavotir yashaymiz», — deya ushbu fuqaroning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Sartarosh bu ishni amalga oshirishda faqat ustara va qaychilardan foydalangan.

Buyruq bundan oldinroq 24 soat ichida 363 mijozga xizmat ko‘rsatish orqali Ginness Rekordlar kitobiga kirgandi.

Top