19:55 / 04.08.2016
10951

Uill Smit: Barak Obama quloqlarim sababli uni o‘ynay olishimni aytdi

Foto:© AP

AQShlik aktyor Uill Smit AQSh prezidenti Barak Obama bilan kinoda uning qiyofasini gavdalantirish haqida 2-3 marta gaplashganini ma'lum qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. 

Smit "Stiven Kolber bilan kechki shou" ko‘rsatuvida o‘zining yangi "Xudkushlar otryadi" filmini ilgari surish kampaniyasi doirasida ishtirok etdi.

Aktyorning aytishicha, Obama unga bir narsa aniqligini aytgan. "Uni o‘ynashim uchun uniki kabi quloqlarim bor ekan", deb hazillashdi Smit.

Smit haqiqiy hayotda siyosiy sahnaga chiqish borasida o‘ylab ko‘rganini, biroq natijada uning "buyuk qobiliyatlari" siyosatdan tashqarida degan fikrga kelgani aytdi.

Avvalroq Mishel va Barak Obamaning muhabbati tarixi haqidagi "Sautsayd sen bilan" deb nomlangan film treyleri chiqqani ma'lum qilingandi. 

Shuningdek, "Barri" filmi uchun Barak Obamaning yoshligini ijro etish uchun aktyor topilgani ma'lum qilingandi.

Top