09:29 / 04.08.2016
4611

WP: Pentagon Pokistonga 300 mln dollar harbiy yordam berishdan bosh tortdi

AQSh mudofaa vazirligi Pokiston harbiylariga 300 mln dollar miqdorida yordam berishni rad etdi. Pentagon o‘z qarorini, Islomobodning "Haqqoniy tarmog‘i" terroristik guruhiga qarshi yetarlicha amaliyotlar o‘tkazmayotgani bilan izohlamoqda, deb yozgan Washington Post.

Pentagon vakili Adam Stampning bayonot berishicha, AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter, Pokiston o‘z hududida "Haqqoniy tarmog‘i"ga qarshi faol harakatlar olib borayotganini uqdirib, Kongressda ma'ruza qilmaslikka qaror qilgan.  Stampning so‘zlariga ko‘ra, bu rasmiy Islomobod 300 mln dollar harbiy yordam olmasligini anglatadi.

Pentagon vakilining qayd etishicha, Karterning qarori "Haqqoniy tarmog‘i" terrorchi guruhi va "Tolibon" afg‘on radikal harakati jangarilari Pokiston hududida faoliyatini davom ettirayotganiga asoslangan.

Top