18:39 / 05.08.2016
3322

Belgiya migratsiya qonunchiligini buzganlarga 200 yevro jarima solinishi mumkin

Foto: rbc.ru

Mamlakatning milliy qonunchiligini buzgan holda Belgiyada bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga 200 yevro jarima solinadi. Jazo choralari, mamlakatda bo‘lib turganini ro‘yxatdan o‘tkazmagan Shengen hududi fuqarolariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
 
Jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarish huquqi Belgiyaning xorijliklar ishi bo‘yicha idorasi zimmasiga yuklatilgan. 

Belgiya boshpana va migratsiya masalalari bo‘yicha davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror barcha xorijdan kelganlarga, shuningdek, soliq to‘lamaslik maqsadida Belgiyada ishlasa ham, ro‘yxatdan o‘tmaydigan fransuzlarga tegishlidir.

Top