08:20 / 05.08.2016
10114

Argentina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Messi bilan jiddiy gaplashib oladi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi keyingi haftada Barselonada Argentina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Edgard Bausa bilan uchrashadi.

Tribuna.Uz ma'lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi terma jamoaga qaytish qarorini e'lon qiladi.

Shu tariqa, Messi 30 avgustda 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining Urugvayga qarshi uchrashuvida qatnasha oladi.

Messi Argentina 2016 yilgi Amerika kubogi finalida Chiliga yutqazgandan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.

Messi hozircha Argentina terma jamoasi bilan birorta yirik musobaqani yuta olmagan, u shuningdek 2007 va 2015 yilgi Amerika kuboklari va 2014 yilgi jahon chempionati finallarida o‘z terma jamoasi bilan mag‘lub bo‘lgan.

Top