18:55 / 05.08.2016
5993

Samsung Apple Watch qurilmasiga patent olmoqchi bo‘ldi

Foto: AppleUSPTO

Jahon smartfon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan ikki yirik korporatsiya - Apple va Samsung o‘rtasida sud eshituvlari qayta boshlangan bir vaqtda, Janubiy Koreya kompaniyasining Apple Watch chizmalaridan foydalanilgan qurilmasiga topshirgan patent arizasi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Business Insider.

Unda, «aqlli» soatlar kamarining bog‘lanish usullari qayd etilgan. Patent uchun topshirilgan chizmalarda odatdagi «aqlli» soatlar, bironta tanish belgisiz aks ettirilgan bo‘lib, ularni oddiy ko‘z bilan ham qiynalmasdan Apple Watch soatiga o‘xshatish mushkul ish emas. 

Tasvirlardagi qurilmalar Apple kompaniyasining «aqlli» soatlarini tamoman takrorlaydi. Uning tashqi ko‘rinishi, kamarlari, boshqaruv nuqtalari va puls o‘lchagichining joylashuvi juda ham o‘xshashdir. 

Manbaning taxmin qilishicha, Samsung muhandis-dizaynerlari Apple soatidan nusxa olmagan bo‘lsalar ham, kompaniya qurilmasidan juda ham ilhomlangani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Top