21:40 / 05.08.2016
7693

Turkiyalik amaldor: Nazarboyev - bizni og‘ir pallalarda qo‘llagan ilk prezident bo‘ldi

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Turkeshning qayd etishicha, bugun Turkiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Nursulton Nazarboyev turk xalqini og‘ir pallalarda qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ilk prezident bo‘ldi. Bu haqda "Kazinform" xabar bergan.

«Nursulton Nazarboyev bilan har safargi uchrashuv samarali kechadi. 15 iyul voqealaridan keyin u bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ilk xorijlik siyosatchi rahbar bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin ham uning munosabati o‘zgarishsiz qoldi va bu biz uchun katta ko‘makdir», degan Turkesh.

Vazir o‘rinbosari Qozog‘iston va Turkiya qo‘shni davlatlar bo‘lmasada, ikki davlat qalin aloqalar o‘rnatganini ta'kidlagan.

«Keyingi vaqtlarda savdo aloqalarida pasayish kuzatildi. Bu iqtisodiy inqiroz bilan bog‘liq. Hozir biz faqat tayyor mahsulot sotamiz. Endi birlashishimiz va qo‘shma korxonalar orqali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin. Qozog‘istonda buning uchun keng imkoniyatlar mavjud, qolaversa georgrafik joylashuv qulay. Axir bu mamlakat Xitoy va Rossiyaga qo‘shni», deya qayd etgan Turkesh.

Bugun Qozog‘iston prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi va Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Top