23:19 / 05.08.2016
10106

Zidan va Peresning qarashlari yana bir-biriga zid kelib qoldi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Chelsi»ning serbiyalik tayanch yarim himoyachisi Nemanya Matichni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, «Real» prezidenti Florentina Peres esa bunga qarshi. Peres Zidanga tayan zonasida futbolchi sotib olmoqchi bo‘lsang, «Nyukasl»dan Musa Sissokoni olib beraman, deb aytgan.

Avvalroq Zidan Xames Rodrigesni asosiy tarkibda o‘ynatishni xohlamagan, lekin Peres nima bo‘lsa ham Xames jamoada qolishini Zidanga uqtirmoqchi bo‘lgandi.

Top