15:33 / 06.08.2016
14065

IShID terrorchisi qog‘ozbozlik cho‘zilib ketgani sabab sud qilinmay, ozodlikka chiqdi

Foto: RIA Novosti

Belgiyada IShID terrorchilik to‘dasi a'zosi ekani isbotlanib, 15 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan Fotima Aberkan ozodlikka chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, terrorchi deb topilgan qizning sudi uchun zarur hujjatlarni yarim yildan ortiq vaqt davomida tayyorlab ulgurishmagan. Uning advokatlari esa arz qilishgan. Shunday qilib, qiz qamoq jazosidan qutulib qolgan.

Unga faqatgina Belgiyani tark etish va o‘zi yashaydigan Molenbek shaharchasiga kechasi ko‘chaga chiqish taqiqlangan.

Top