12:12 / 06.08.2016
4298

Marokashdagi ishchilar tumanida ikki bino qulab tushdi

Foto: enca.com

Marokashning Kasablanka shahridagi ishchilar tumanida ikki bino qulab tushdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi va 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.

Marokashning MAP axborot agentligi rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlardan olti kishining ahvoli og‘ir darajada. Voqea joyida qutqaruv xizmati ishlamoqda.

Top