13:23 / 06.08.2016
8519

Nike 1200 dollarlik quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynakni namoyish etdi

Professional yugurish haqida gap ketganda, vazn va aerodinamika shunchalik muhim ahamiyat kasb etadiki, hatto quyosh nuridan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar ham qarshilik ko‘rsatishi mumkin emas. Shu maqsadda, Nike kompaniyasi, VSP Global va Carl Zeiss guruhlari bilan hamkorlikda, maxsus sport ko‘zoynaklari ishlab chiqdi. Ularning uqdirishlaricha, bu ko‘zoynaklar chempion bo‘lishni istaganlar uchun maxsus yasalgan. 

Qayd etish joizki, ushbu ko‘zoynak ustida Sakramentodagi tadqiqot instituti shug‘ullangan. Uning quyosh nurlarini qaytaruvchi kimyoviy aralashmasi tarkibida xrom ham bor. 

Nike kompaniyasi Wing (qanot) deb nomlagan ko‘zoynaklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, aerodinamikasi bo‘lsa, yana u yo‘qolmaydi. O‘zaro birikib ketgan linzalari ikkita yuqa silikonli tutqichlar yordamida boshda juda qulay turadi. Biroq, uning ixchamligi va qulaygini hamma ham o‘ziga ep ko‘ra olmasligi aniq. Axir, ko‘zoynak uchun 1200 dollar to‘lash lozim. Shunga ko‘ra, uni mashhur sportchilar taqa oladi deyish mumkin. Chunki, ular reklama huquqi asosida bu kabi ko‘zoynaklarni tekin olishadi.

Top