10:11 / 07.08.2016
6329

Xitoy mobil aloqa bo‘yicha ilk sun'iy yo‘ldoshini kosmosga uchirdi

6 avgust kuni Xitoy mobil aloqa bo‘yicha ilk sun'iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli ravishda kosmosga uchirdi. Bu haqda «Sinxua» xabar bergan.

Tiantong-01 nomli bu sun'iy yo‘ldosh Sichuan viloyatidagi Sichan kosmodromidan uchirilgan. Sun'iy yo‘ldoshni koinotga Long March-3B raketasi chiqarib qo‘yadi.

Qayd etilishicha, bu sun'iy yo‘ldosh uchirilishi Xitoyning kosmik axborot infratuzilmasi rivojidagi muhim jarayon bo‘ldi. 

Iyun oyida Xitoy yana 5ta ilmiy sun'iy yo‘ldosh uchirishni mo‘ljallayotgani xabar qilingandi.

Top