09:54 / 07.08.2016
7394

Sony 982 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarishni mo‘ljallamoqda

Yaponiyaning Sony kompaniyasi 100 mlrd iyen (982 mln dollar) qiymatidagi korporativ obligatsiyalarni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Nikkei gazetasi xabar bergan.

Kompaniya obligatsiyalarni shu yilning sentabrida chiqaradi. Bu obligatsiyalar 5 yildan 10 yil muddatgacha muomalada bo‘ladi. Talabga ko‘ra miqdor 150 mlrd iyengacha o‘sishi mumkin.

Sony oxirgi marta 2013 yilning iyunida obligatsiyalar chiqarib, investorlardan 150 mlrd yyen olgandi. 2016 moliya yilida Sony 300 mlrd iyen (2,966 mlrd dollar) miqdorida daromad ko‘rmoqchi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2 foizga ko‘p bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top