20:04 / 08.08.2016
11720

900 million Android-qurilma xavf ostida qoldi

Foto: Globallookpress.com

Kiberxavfsizlik sohasida faoliyat olib boruvchi Check Point kompaniyasi mutaxassislari  Android platformasida kamchilik topishdi. Taxminlarga ko‘ra, 900 million smartfon va planshetlar xavf ostida. Bu haqida 8 avgust kuni The Independent nashri ma'lum qildi. 

Yovuz niyatli kimsalar Quadrooter nomini olgan kamchilik yordamida Android-qurilmalarni to‘liq buzib kirishlari mumkin. Boz ustiga, ular smartfon va planshetlardan nafaqat ma'lumot olish, balki kamera va mikrofonni ham boshqarish imkoniga ega bo‘lishlari mumkinligi ta'kidlanmoqda. 

Kamchilikdan yomon niyatda foydalanish uchun buzg‘unchilar gadjyetda maxsus ilova o‘rnatishsa, bas. Shu maqsadda ular qurilma egalariga zarar yetkazuvchi havolalar jo‘natishadi.  

Check Point vakilining qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik borasidagi bunday muammolar Qualcomm kompaniyasining chipi qo‘llaniladigan smartfon va planshetlarda topilgan. 

Qualcomm'da ma'lum qilishlaricha, kamchilikni bartaraf etadigan patch ishlab chiqilgan. Google'ning keyingi yangilanishida uning paydo bo‘lishi kutilmoqda.

 

Top